Gulkaram haqida

?BROKKOLI – SАRАTONGА QАRShI KURАShChI

??Gulkaram xotirani mustahkamlaydi…

?Gulkaram zamonaviy oshxonalarda sabzavot yoki bezak oʼrnida ishlatiladi. Uni xomligicha turli salatlarga qoʼshib ham tanovul qilish mumkin. Tarkibida kaliy, magniy, kalьtsiy, marganets, temir, rux kabi elementlar va shifobaxsh vitaminlar yetarlicha mavjudligi bois gulkaram yurak, jigar, ayollarda uchraydigan koʼkrak bezi saratoni profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.


?Dunyodagi «Sogʼliq uchun foydali taomnomalar» reytingida gulkaram eng yuqori oʼrinda turadi. Gulkaram ovqat hazmini yaxshilaydi, tanada ortiqcha yogʼ toʼplanishini kamaytirib, semiz­likning oldini oladi.

?Bundan tashqari, gulkaram tarkibida aniqlangan fermentlar tanadagi zaharli birikmalarni zararsizlantirish jarayoniga yordam beradi. Oʼz vaqtida chiqarib tashlanmagan zaharli moddalar hujayraning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Inson yoshi ulgʼaygani sari, albatta, xotira ham sustlashib boradi. Gulkaramdagi koʼplab vitaminlar yosh bilan bogʼliq xotira pasayishining oldini oladi. Kuchli siqilish, miya zoʼriqishi, shuningdek, qarishni ham sekinlashtiradi. Gulkaramdagi B vitamini miya faoliyatini yaxshilashda samarali manba hisoblanadi, undagi K va D vitamini esa mushaklar mustahkamligini taʼminlab, suyaklar moʼrtlashuvining oldini oladi.

?PАRHEZBOP SАBZАVOT

?Gulkaramda askorbin kislotasi va oqsil miqdori karamning boshqa turlariga nisbatan moʼlroq. Ovqatga oʼsib yetilmagan oq rangli toʼpguli, yaʼni boshi solinadi. U yengil hazm boʼlishi sababli parhezbop hisoblanadi. Uni suvda qaynatib, shoʼrvaga solib, tuxum bilan yengilgina qovurib, marinadlab, konservalab isteʼmol qilish mumkin.

?QАNDLI DIАBETGА QАRShI RETsEPT

?Gulkaram hamma uchun foydali mahsulot, ayniqsa, bolalarga. Unda yogʼ kaloriyasi kam, ammo S vitaminiga boy. Gulkaram gʼayrioddiy taʼmi va xushboʼyligi bilan ommabop mahsulotlar sirasiga kiradi. Shuning uchun undan ishtahaochar va qonni tozalovchi shifobaxsh salatlar tayyorlash mumkin. Masalan, qandli diabet bilan ogʼrigan kishilar uchun quyidagi oddiy salat tavsiya etiladi:

?1 dona gulkaramni boʼlaklarga boʼlib, suvda qaynating va ustiga limon sharbati hamda zaytun yogʼidan quyib aralashtiring. Аgar istasangiz, unga boshqa mevalardan ham qoʼshishingiz mumkin. Bunday oddiy salatni tayyorlash ham oson, ham foydalidir. Salat tanangizni yengillashtirib, qoningizni tozalaydi.

?Britaniyalik mutaxassislar: «Tarkibida sabzavot va mevalari koʼp boʼlgan salatlar kishi organizmidagi qandli diabetning koʼtarilib ketishining oldini oladi. Аyniqsa, gulkaram qoʼshilgan sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar yanada koʼproq foyda beradi», deyishadi.

?Olimlarning aniqlashicha, bu fikr aynan haqiqat. Аgar qandli diabet bilan ogʼrigan insonlar bir kunda bu mahsulotlardan 80 g isteʼmol qilishsa, kasallikning rivojlanish xavfi toʼxtab, tanadagi qand miqdori 14 foizga