O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021 yildagi “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi.
Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
- bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha;
- to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshirildi.
bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
- 250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
- 150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
- 100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;
Manba: advice.uz