Quyidagi hollarda er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish qayd etiladi
sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.
Taqdim etiladigan hujjatlar
Ariza;
Er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
Er (xotin)ning uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan ko‘chirma;
Sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga o‘rtada bolalari va molmulki yuzasidan nizosi yo‘qligi to‘g‘risidagi roziligi.
Xizmat uchun davlat boji qonunga muvofiq undiriladi.
Muddat: Er (xotin)dan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajratish uning ishtirokida, FHDYo organiga ariza berilgan kundan keyin bir oy o‘tgach amalga oshiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi: nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma.
FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.