Klassifikatorning foydalanish doirasi




Klassifikatordan quyidagilar uchun foydalaniladi:


xizmatchilarning lavozimlari va ishchilarning kasblari nomlarini standartlashtirish va birxillashtirish;
xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda kadrlarni samarali ravishda joy-joyiga qo‘yish;
ishlab chiqarish va boshqaruvning hozirgi darajasidan va rivojlanishi istiqbollaridan kelib chiqib, zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan kadrlarni aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlash;
turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini tuzish;
mehnatni hisobga olish, tahlil qilish va uning statistikasini yuritish;
xodimlar bilan ishlashni tashkil etish sohasida axborotni qayta ishlash;
band aholini faoliyat (mashg‘ulot) turlari bo‘yicha taqsimlash;
xalqaro darajada ijtimoiy-mehnat sohasidagi statistika ma’lumotlarini taqqoslash uchun foydalaniladi.