Xodimning ish beruvchiga etkazilgan zarar uchun moddiy javobgarligi





Xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.




Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.




To‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va to‘lovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi.




Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.




Ish beruvchi moddiy zarar etkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor xodimdan to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechish huquqiga ega. Tashkilot mulkdori ish beruvchining mazkur huquqini qonunchilikda, shuningdek tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda cheklashi mumkin.




Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodim o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi doirasida moddiy javobgar bo‘ladi.


Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi uning ish beruvchiga bevosita etkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini to‘liq miqdorda qoplash majburiyatidan iboratdir.
18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar faqat qasddan etkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida etkazilgan zarar uchun, shuningdek jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish natijasida etkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi.

Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi hollari.



To‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar.