Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko‘rsatgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risida yozuv kiritiladi.
O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi kamabag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.
Ichki o‘rindoshlik chog‘ida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi.