“Mahalla byudjeti” tizimi





Mahalla byudjetitizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–458-son, 26.12.2022-y.) qabul qilindi




Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1 yanvardan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan va soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.




Mazkur tumanlarda mol-mulk va er solig‘i (noturar joylar bo‘yicha mol-mulk va er solig‘i bundan mustasno) bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman byudjetlari orqali tegishli Jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.




2023-yil 1-martgacha mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan mablag‘lar va soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi.




Mahalla byudjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablag‘lar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan boshqariladi.




«Mahalla byudjeti» tizimi joriy etiladigan va soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlar RO‘YXATI.