Ayrim shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga egalar.
Bular:
1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
1941-1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
1941-1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
Chernobilь AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun va nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxslar.
2023-yil 1 apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Pensioner metropolitenda bir marta bepul yurish uchun bitta jeton olish uchun bir martalik maxsus bepul jetonni realizatsiya qiladigan metropoliten kassasi operatoriga pensiya guvohnomasini ko‘rsatadi, bunda bir martalik maxsus bepul jeton faqat shaxsan pensionerning o‘ziga beriladi.
Hayotiy misol:
Savol: Ch. ismli fuqaro qanday toifadagi shaxslarga hamrohlik qiluvchilar shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga egaligi haqida tushuntirish berishni so‘radi.
Javob: 1941 – 1945-yillardagi urushning I guruh nogironiga va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.