Bola va uning huquqlari





Bola (bolalar) — 18 yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar).





Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;
bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash va boshqalar.



O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.


Nikohda va nikohsiz tug‘ilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi.
Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.

Foydali manba