Shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashini





Huquqiy davlatda hokimiyat o‘z faoliyatida qonun bilan cheklanishini, suveren xalq irodasiga bo‘ysunishini, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlaydi.




Birinchi marta Konstitutsiyada quyidagilar belgilandi:



1. Asosiy qonunmamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi”.



(Konstitutsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi demokratiyaning eng oliy ifodasi bo‘lib, uning normalarini samarali amalga oshirish mexanizmlari va qoidalarini belgilovchi qonun hujjatlari qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’i nazar, qo‘llanilishini bildiradi.)



2. “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi”;



3. “Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli”.



(Konstitutsiyada qarorlari yakuniy va shikoyat qilinmaydigan Konstitutsiyaviy sudga fuqarolarning bevosita murojaat qilish huquqini mustahkamlash inson huquqlari va erkinliklarining eng muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlaydi).