Turar joylarni egasiz deb topib davlatga o‘tkazish tartibi





Egasiz turar joylarni aniqlash bilan bog‘liq ishlar tuman hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.





6 oydan ko‘proq bo‘sh turgan, hech kim yashamaydigan hamda quyidagi holatlar mavjud uy-joylar egasiz deb hisoblanadi:
bo‘sh turgan ushbu davr uchun kommunal xizmatlar haqi va turar joyni saqlash uchun xarajatlar bo‘yicha qarzlar mavjudligi.
turar joyning butunligi va saqlanishi ta’minlanmaganligi, buning oqibatida turar joyning buzilishiga va unga uchinchi shaxslarning kirish urinishlariga yo‘l qo‘yilganligi.




Turar joylarni quyidagi hollarda egasiz deb topib hisobga olishga yo‘l qo‘yilmaydi:
turar joy egasi ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotganda;
turar joy egasi davolanish, o‘qish, mehnat faoliyati munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;
turar joy egasi Qurolli Kuchlar saflarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganda;
turar joy egasi O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida uzoq muddat davolanayotganda.




Egasiz turar joylar hisobga qo‘yilgan kundan boshlab 3 yillik muddat tugagandan keyin sud qaroriga asosan davlat mulkiga o‘tkaziladi.