Transport vositasini yaqin qarindoshlar o‘rtasida ishonchnomasiz boshqarish





2019-yil 1 oktyabrdan — transport vositasini yaqin qarindoshlar o‘rtasida majburiy tartibda notarial ishonchnomalarni rasmiylashtirmasdan boshqarishiga ruxsat berildi.





Yaqin qarindoshlar:
er (xotin);
ota-ona;
bolalar;
aka-ukalar;
opa-singillar.



Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.



Qarindoshlik darajasi transport vositasi egasining talabiga binoan ko‘rsatilishi mumkin.