Poezdlarda doimiy tarzda chiptalar nazorati amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda yo‘lovchi chiptasiz deb hisoblanadi:
chiptaning yo‘qligi;
chiptadagi ma’lumotlar, yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatga mos kelmasa;
chiptaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsa;
imtiyozli chiptada, undan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarning yo‘qligi.
Agar chiptasiz yo‘lovchi yaqin stantsiyada tushish istagini bildirsa, u tomonidan jarima va o‘tirgan stantsiyasidan kelgan stantsiyasigacha bo‘lgan to‘liq to‘lov miqdorini to‘lashi lozim.
Agar chiptasiz yo‘lovchi yaqin stantsiyada tushish istagini bildirsa, u tomonidan jarima va o‘tirgan stantsiyasidan kelgan stantsiyasigacha bo‘lgan to‘liq to‘lov miqdorini to‘lashi lozim.
Shaharlararo qatnovchi poezdlarda chiptasiz ketayotgan yo‘lovchidan jarima to‘lanishi bilan birga belgilangan shakldagi kvitantsiya berilgan holda chiptaning to‘liq qiymati undiriladi.
Yo‘lovchi tashish poezdlaridan yo‘lovchilarni aholi punktlaridan yiroqda joylashgan stantsiyalarda chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘lovchi tashish poezdida qalbaki yoki unga tegishli bo‘lmagan chipta bilan aniqlangan yo‘lovchi, ichki ishlar organlariga topshiriladi, bu haqda poezd brigadiri tomonidan dalolatnoma tuziladi.