Avtomototransport vositasi yo‘lovchi va yuk tashishga litsenziya





Avtomobilь transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya


Xizmat narxi: BHMning 90% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning bir baravari);



Litsenziya varaqalarini berish uchun Qonunda belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 iyuldagi 636-sonli "Avtomobilь transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.




Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni mobaynida.


Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid ma’lumotlar; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.

Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy shaxslar



Bog‘lanish: Ishonch telefoni: 1167



Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi




Bu qanday ishlaydi?
Ariza beruvchi litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi ariza to‘ldiradi va hujjatlarni ilova qiladi.
DXM yoki YaIDXP arizani hujjatlar bilan Transport vazirligiga yuboradi.
Bir ish kunida transport vazirligi ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini o‘rganadi.
Bir ish kunida transport vazirligi ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qarori yuzasidan xabar yuboradi.
Uch oy mobaynida ariza beruvchi litsenziya / litsenziya varaqalari berish haqida qaror kelib tushgandan so‘ng, litsenziya varaqalari berish uchun davlat boji to‘lovlari amalga oshiradi.
Bir ish kunida transport vazirligi ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya / litsenziya varaqalari berish uchun to‘lovlar to‘langanidan so‘ng QR kod bilan himoyalangan litsenziya / litsenziya varaqalarini o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi. Hamda litsenziya / litsenziya varaqalarini (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) DXMga yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP.


Xizmatdan foydalanish*



Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.





Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini olish uchun elektron iltimosnoma yuborish


Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21 apreldagi O‘RQ-155-son «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» qonuni



Xizmatni ko‘rsatish muddati: 30 kun
Bog‘lanish: +99871 200 0221
Tashkilot: Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi.

Xizmatdan foydalanish*



Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.