Niqoxni qayd etish







Xizmat tavsifi

Nikoh tuzilganligini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani olishda FHDYo organlari nikoh tuzayotgan shaxslarga tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun yo‘llanmalar beriladi. Tibbiy tekshiruv shifokorlar – psixiatrlar, narkologlar, dermato-venerologlar, ftiziatrlar (dispanserlar va tuman kabinetlarida) yashash joyi bo‘yicha bepulravishda shaxslarning tibbiy muassasaga murojaat etgan kundan e’tiboran 2 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.


Xizmatni ko‘rsatish muddati

Bir oy muddat mobaynida





Taqdim etiladigan hujjatlar:
Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza;
Nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari – pasport yoki harbiylar uchun harbiy bilet;
Ilgari nikohda bo‘lgan shaxslar uchun nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erning (xotinning) o‘limi haqidagi guvohnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori.




O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, MDH davlatlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning nikohi umumiy asoslarga ko‘ra qayd etiladi.




Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun boj undiriladi.



Nikohni qayd etish uchun FHDYo organiga ariza yuborish



Bu qanday ishlaydi?
Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Bog‘lanish: Call markaz: 1008
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxs
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 oy muddat mobaynida
Xizmat narxi: Bepul