Otalikni belgilash





Nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga etmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida amalga oshiriladi.



Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi.

Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.





Taqdim etiladigan hujjatlar:
o‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan ota-onaning otalikni belgilash haqidagi arizasi yoki otalikni belgilash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;
ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari –pasport, ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (agar tug‘ilishi oldin qayd etilgan bo‘lsa).


Arizachi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so‘rovnoma to‘ldirishi mumkin.

Otalik belgilanganligi haqidagi ma’lumotnomani olish




Bu qanday ishlaydi?


Arizachi YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tib so‘rovnoma tuldiradi so‘ng belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshiradi. So‘rovnoma FHDYo organiga yuboriladi.
FHDYo organi ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda arizachiga YaIDXP orqali yuboradi.
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Bog‘lanish: +998 (71) 207-00-66 (1148)
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida