Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha imtiyoz


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha imtiyoz



O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tadi.





Attestatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuqori malakaga, tashabbuskorlikka, javobgarlikka ega mutaxassislar toifasini aniqlash;
xodimlarning zarur kasb tayyorgarligini, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishni aniqlash;
ish tashkil qilishni takomillashtirish va mehnat samaradorligini oshirish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, kadrlar siyosatida tegishli takliflarni ishlab chiqishni maqbullashtirish;
xodimlarning kasbiy o‘sishini va xizmat martabasini rag‘batlantirish, dolzarb va istiqbolli ish uchastkalariga munosib va o‘z ishiga sodiq malakali rahbarlarni va mutaxassislarni ko‘rsatish.




Quyidagilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar;
homilador ayollar, bolani ikki va uch yoshgacha parvarish qilish bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar, ular ishga chiqqandan keyingi birinchi yil davomida;
uzoq davolanishni o‘tayotgan xodimlar;
respublika va chet el davlatlariga o‘quv muassasalarida o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan xodimlar;
muayyan ishlarni bajarish uchun muddatli mehnat shartnomasi shartlarida ishlaydigan shaxslar;
18 yoshga etmagan shaxslar;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan shaxslar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.