Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi vazifalar.
Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
siyosiy partiyalarning saylov jarayonlariga xotin-qizlar va erkaklarni teng asosda jalb qilish, xotin-qizlarni tayinlanadigan rahbarlik lavozimlariga tavsiya qilishga oid faoliyatini rag‘batlantirish;
siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarda nomzod ko‘rsatishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanganligini monitoring qilish;
xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish orqali ularga nisbatan jamiyatda shakllangan salbiy qarashlarni o‘zgartirish;
xotin-qizlar va erkaklarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqlariga to‘liq rioya etilishini tahlil qilib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov hamda referendumlar o‘tkazish bo‘yicha viloyat, tuman, shahar, okrug, uchastka saylov komissiyalarining tarkibini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklar vakillarining tengligini ta’minlash.