“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish





«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam




«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatiladi:


prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish;
ichki ishlar organlari — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan o‘tish bo‘yicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora ko‘rish;
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam



«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga «Ayollar maslahat kengashi», Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzuridagi «Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi», ta’lim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.