Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida





Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni ta’qib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilishdir.





Quyidagilar ov qilishga tenglashtiriladi:
g‘ilofi echib qo‘yilgan holatdagi (yig‘ilgan tarzdagi) ov quroli va ov qurollarining boshqa turlari yoki ov mahsuloti bilan ov qilish joylari hududida bo‘lish;
shaxslarning g‘ilofi echib qo‘yilgan holatdagi (yig‘ilgan tarzdagi) ov quroli bilan, ov mahsulotining qo‘lga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (ovchilik guvohnomasisiz, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomasiz, ovchilik yo‘llanmasisiz (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasisiz) umumiy foydalanishdagi yo‘llarda bo‘lishi.



Ovchilik xo‘jaliklari qo‘riqlash xodimlarining o‘z lavozim majburiyatlarini bajarayotganda xizmat quroli bilan ovchilik xo‘jaliklari hududida bo‘lishi ov qilish hisoblanmaydi.


O‘zbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.
To‘lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To‘lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi.

Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar miqdorlari.





Ovchining huquq va majburiyatlari:

Ovchining huquqi:


yovvoyi hayvonlarning ruxsat etilgan turlarini ov qilishni belgilangan joylarda va belgilangan muddatlarda amalga oshirish;
qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish;
ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslaridan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqiga ega.

Ovchining majburiyati:


ov qilishni amalga oshirish chog‘ida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) yonida olib yurishi;
ovchilik xo‘jaligining va ov qilishga ruxsat etiladigan hududning chegaralarini aniq bilishi;
ov qilishga ruxsat etiladigan hududdan tashqarida ov qilishni amalga oshirmasligi;
yovvoyi hayvonlarni tutish normalariga va ov qilish muddatlariga rioya etishi, ov qilishni yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan joylarda amalga oshirishi va boshqalar.



Ov qilish qurollari va usullari:
ov qurolidan;
ovchi zotiga mansub itlardan, boshqa ovga o‘rgatilgan hayvonlar va qushlardan (ovchilik guvohnomasida tegishli qayd mavjud bo‘lgan taqdirda);
yovvoyi hayvonlarni tirik holda tutib olish uchun to‘rlar va tuzoqlardan (yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tegishli belgi mavjud bo‘lgan taqdirda);
minoralardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.




Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq, ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov kiritilganidan keyin beriladi.