Buxoroda turizmni rivojlantirish





"2022 — 2026-yillarida Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlanitrish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. (28.09.2022-yildagi 543-sonli)




Qarorga muvofiq, Buxoro viloyatidagi 800 dan ziyod madaniy ob’ektlarni birma-bir restavratsiya qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.



Buxoro shahrida «Street Food» gastronomik ko‘chasi tashkil etiladi va gastronomik ko‘chani tashkil qilish uchun mo‘ljallangan ko‘cha va er maydonlarini tadbirkorlarga muayyan muddatga o‘rnatilgan tartibda vaqtinchalik ijaraga berish choralari ko‘riladi.




«Qadimgi Poykent» arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish, tadqiq etish, muzeylashtirish choralari ko‘rilib, arxeologiya parki yaratiladi. Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi fondidagi noyob va alohida qiymatga ega bo‘lgan nashrlarni alohida kollektsiya holida Buxoroda saqlanadi va muhofaza qilinadi.




Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi fondidagi qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega bo‘lgan nashrlarni tahlil qilgan xolda, YuNESKOning «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritilishi bo‘yicha zarur choralarning ko‘riladi.

Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda «Turizm mahallasi», «Turizm ovuli», «Turizm qishloqlari»ning ichki yo‘llari, ichimlik suvi va boshqa infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash ishlarini keyingi yillardagi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga kiritiladi hamda uning doirasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.



Qarorga asosan, 2026-yilga qadar Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari qo‘yidagicha:




Ichki turistlar tashrifi sonini 4,1 mln ga etkazish;
Xorijiy sayyohlar sonini 1 ming 800 tagacha oshirish;
Xizmatlar eksport miqdorini 300 mln AQSh dollarga etkazish;
Mehmonxonalar nomer fondining bandlik darajasini 93 foizga etkazish;
Mehmonxonalar sonini 258 taga etkazish;
Oilaviy mehmon uylari sonini 345 taga etkazish;
Xostellar sonini 76 taga etkazish.