Qishloq joylarida imtiyozli ipoteka krediti





Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha quriladigan turar-joyni sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi. Bunda garov sifatida quriladigan uy-joy qo‘yiladi.



Arzon uy-joy — 0,02 ga o‘lchamli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar.
Tasdiqlangan namunaviy loyiha bo‘yicha qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymati bankning imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga yakka tartibdagi quruvchi tomonidan yakka tartibdagi quruvchining o‘z mablag‘lari, yakka tartibdagi quruvchining ish beruvchisi hisoblangan yuridik shaxslarning mablag‘laridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan to‘lanadi.
Boshlang‘ich badal —arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida to‘lanadi.
Bankning kredit komissiyasi qarori asosida qarz oluvchining mulkida yoki yuridik va jismoniy shaxslarning kafilligida bo‘lgan boshqa ko‘chmas mulk ham ipoteka kreditini qo‘shimcha ta’minlash sifatida qabul qilinishi mumkin.


Imtiyozli ipoteka kreditini olish uchun quyidagi banklarga murojaat qilinadi

ATB “Qishloq qurilish bank”;



O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;



Ipoteka bank” ATIB;



AT “Xalq banki”;



“Asaka” bank ATB;



O‘zsanoatqurilishbank” ATB.





Imtiyozli ipoteka kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi
komissiyaning yozma tavsiyasi (tuman hokimligi huzurida tashkil etiladigan);
kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning pasporti nusxasi;
talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
dastlabki badal jamg‘arma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.




Arizani ko‘rib chiqish muddati – 15 bank kuni.



Ijobiy qaror qabul qilinganda bank va qarz oluvchi o‘rtasida ipoteka shartnomasi tuziladi.


Kredit olishda qarz oluvchi quyidagi xarajatlarni qoplashi kerak
ipoteka shartnomasini notarial tasdiqlash uchun davlat bojini to‘lash;
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
mulkning qiymatini aniqlash bo‘yicha baholovchi tashkilot xizmatlariga haq to‘lash.



2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi.



Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari muddati 20 yilgacha uzaytirildi.