Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar 





O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi (2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52) qarori qabul qilindi.




Farmonga muvofiq, 2022-yil 1 yanvardan:


fermer, dehqon ho‘jaliklari va boshqa mahsulot etishtiruvchilarga — meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni etishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi.
meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik «revolьver» kredit ajratiladi. Bunda, ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Jamg‘armaga 1,7 trln so‘m byudjet ssudasi ajratiladi.




Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab:


meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo‘jaliklariga — eksport shartnomasi mavjud bo‘lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, sug‘urta puli xavf-xatardan sug‘urta qilinayotgan hosil qiymatining 70 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas;
meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) — xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari orqali kompensatsiya qilinadi. Bunda, meva-sabzavotchilik klasterlariga o‘ziga biriktirilgan mahsulot etishtiruvchilar uchun bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni etishtirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish tavsiya etiladi.