Chet el fuqarolari uchun yashash guvohnomalari





Yashash guvohnomasi - xorijiy shaxsning yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.





O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — ular 16 yoshga to‘lganlarida;
Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga;
Fuqarolari ko‘chmas mulk sotib olish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatlar fuqarolariga ular quyidagi hududlarda ko‘chmas mulk sotib olgan taqdirda:
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 300 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, ammo O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan yoki qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga.


Xorijiy shaxsga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning istiqomat joyida beriladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi, chet elga jo‘nab ketuvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladi.


Taqdim etiladigan hujjatlar
Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha ariza;
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (birinchi marta olish chog‘ida);
xorijiy davlatning haqiqiy pasporti;
vakolatli organlar tomonidan berilgan va arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat;
kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat;
istiqomat joyidan oila a’zolari ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
nikoh to‘g‘risida guvohnoma.