Tovlamachilik


Tovlamachilik



Tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast etkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish - jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.





Tovlamachilik:
takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
ko‘p miqdorda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa - 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.




Agar tovlamachilik:
juda ko‘p miqdorda;
o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa - 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.




Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan havolada tanishing.