Sevgi yoki ayriliq? Qaysi biri kuchliroq?

Dala chetida sevgi va ayriliq o’tirgan edi. Ular ikki juftlikga qarab o’tirishgan edi. Ayriliq sevgiga shunday dedi: “Men ularni ajratib kelaman!”


Sevgi shunday deydi: “Kutib tur, men ularning yoniga bir borib kelay, keyin sen xohlaganingda ularning yoniga borasan, keyin ko’ramiz ularni ajratib qo’ya olasanmi yoki yo’qmi”. Shunda ayriliq rozi bo’ldi.




Sevgi yosh juftlikka yaqinlashdi, ularga tegdi, ko’zlariga qaradi va ular o’rtasida qanday qilib uchqun paydo bo’lganligini ko’rdi… Sevgi tark etdi va dedi: “Ayriliq, endi sening navbating”.


Ayriliq esa shunday deb javob berdi: “Yo’q, hozir hech narsa qilolmayman, endi ularning qalblari sevgi bilan to’ldi. Keyinchalik ularning yoniga boraman.”


Vaqt o’tdi. Ayriliq o’sha juftlikning uyiga qaradi. Uyda ota qo’lidagi chaqaloqni va yosh onani ko’rdi. Ayriliq sevgi allaqachon o’tib ketganiga umid qildi, shuning uchun umid bilan ularning uyi eshigini kesib o’tdi. Lekin, ularning ko’zlarida Minnatdorchilikni ko’rdi. Ayriliq aylandi va dedi: “Mayli men keyinchilik kelaman”.


Vaqt o’tib, ayriliq yana qaytdi. Uyda bolalar o’ynashardi, charchagan er ishdan keldi va onasi bolalarni tinchlantirdi. Ayriliq endi ularni albatta ajratishga umid qildi, chunki bu vaqt ichida ham sevgi, ham minnatdorlik ko’pdan beri yuraklarini tark etishlari kerak edi. Lekin, ularning ko’ziga qarab Hurmat va Tushunishni ko’rdi. “Keyinchalik yana kelaman”, – dedi Ayriliq.


Vaqt o’tdi. Ayriliq o’sha uyga yana qaytib keldi. U bolalar allaqachon katta bo’lganini, oqargan sochli ota farzandlariga biror narsani tushuntirib berayotganin va xotini esa oshxonada nimadir pishirayotganini ko’rdi. Ayriliq ulardagi Ishonchni ko’rdi. “Keyinchalik yana kelaman” – dedi Ayriliq va ketdi.


Yana vaqt o’tdi. Ayriliq yana o’sha uyga keldi. Qarasa, uyda nabiralar o’ynayapti va kamin yonida keksa ayol o’tirgan edi. Ayriliq ko’rdi va o’z-o’zicha o’yladi: “Menimcha, mening vaqtim keldi.” U keksa ayolning ko’ziga qarashni xohladi, lekin u o’rnidan turib uyni tark etdi. Ayriliq unga ergashdi. Tez orada keksa ayol qabristonga kelib, qabr yoniga o’tirdi. Bu erining qabri edi.


“Menimcha, kechikdim va Vaqt mening ishimni amalga oshirdi.” – deb o’yladi Ayriliq.  Ayriliq keksa ayolning ko’z yoshli ko’zlariga qaradi. Ularda u Xotirani ko’rdi – Bu Sevgi, Minatdorchilik, Hurmat, Tushunish va Ishonch… xotirlari edi!!!