O’tkir Bronxit

O’tkir bronxit — bronxlar shilliq qavatining o’tkir diffuz yallig’lanishi bo’lib, aksariyat xollarda infeksiya ta’sirada rivojlanadi va yo’tal xamda nafas qisishi bilan kechadi.


?️ Nafas a’zolari kasalliklari ichida o’tkir bronxit 30-40% ni tashkil qiladi.


?️ Aksariyat xollarda fasilga sovuq kunlarda, baxor va kuzda, gripp epidemyasida va boshqa respirator kasalliklar vaqtida aniqlanadi.


Kelib chiqish sabablari:

? Issiq, quruq, yoki sovuq xavo


? Infeksiyon ( viruslar, paragrip, adenovirus, stafilokokk,streptokokk ) kasalliklardan so’ng o’tkir bronxit kelib chiqishi mumkin.


? Allergiya


? Chekuvchilarda


Shuningdek turli xil yuqumli, xususan, qizamiq, ko’kyo’tal,bo’g’ma, ich terlama kasalliklarining asorati sifatida yuzaga kelishi mumkin.


Kasallikni kechishi:

✔ Kasallik boshlanishida


⭕ Umumiy xolsizlik


⭕ Tumov


⭕ Bosh og’rig’i


⭕ Ishtaxa pastligi


⭕ Tomoq qizarishi


✔ Keyinchalik 2 — 3 kundan keyin shilliq balg’amli yo’tal qo’shiladi.


✔ Uzoq davom etgan og’ir xurujli yo’talda balg’amda qon iprlari, ko’krak mushaklarida og’riq payfo bo’ladi.


Davolash:

◾ Odatda, o’tkir bronxitga chalingan bemorlar QVP yoki oilaviy paliklinika sharoitida davolanadi.


◾ Ularga issiq suyuqliklar ( Limon, malinali, asalli choy) ichish tavsiya etiladi.


◾ Jarayon virusli infeksiya bilan bog’liq bo’lsa, ularga qarshi dorilar kasallik boshlangandan keyingi 24-48 soat ichida samarali.


?️ Antibiotiklar ( Midekamitsin,Azitromitsin,Amaksitsillin )


?️ Immunoglobulin ( Interferon )


?️ Balg’am ko’chiruvchi dorilar ( Ambroksal,Ishqorli ingalyatsiya )


?️ Bronxlarni kengayturuvchi vosita ( Ipratropium bromid )


Simtomatik davo sifatida xaroratni tushiruvchi va og’riq qoldiruvchi vositalar ishlatiladi.


Profilaktikasi:

1. Organizmni chiniqtirish ( Sport bilan shug’ulanish )


2. Chekishdan voz kechish.


3. Yuqori nafas yo’llaridagi surunkali infeksiya o’choqlarini davolash.


4. Atrof-muxit changi va salbiy ta’sir etuvchi gazlardan saqlanish.


5. Grippga qarshi vaksinatsiya o’tkazish.