GEMATOMA HAQIDA BATAFSIL
#Gematoma👇
tana ichida ivigan qon yig’ilishi, tomir yorilishi natijasida kelib chiqadi. Teri ostida, shilliq qavatda, mushak ichida, ichki a’zolar devorlarida hosil bo’ladi.
#SABABLARI👇
1.Shikastlanish – vena va arterial qon tomirlar yorilishiga olib keladi
2.Tomirni notravmatik shikastlanishi (subaraxnoidal qon ketish) 3.Mellori-Veys sindromi (oshqozon va qizilo’ngach devorlarining yorilishiga olib keladi)
4.Tomir devorlari mo’rtligi
5.Qon ivish tizimining sifatsizligi
#BELGILARI👇
1.Yengil bosqich – kuchsiz og’riqlar, katta bo’lmagan shish, bir sutka davomida hosil bo’ladi
2.O’rtacha bosqich – o’rtacha og’riqlar, kuchli shish, a’zo funksiyasining buzilishi, 5-7 soatda paydo bo’ladi.
3.Og’ir daraja – kuchli og’riq, a’zo faoliyati susayishi, 1-3 soatda paydo bo’ladi.
Shikastlangan joy qizargan, keyinchalik ko’kimtir tusga kiradi. Mushak orasidagi gematoma faqat og’riq beradi, mahalliy o’zgarishlar deyarli yo’q.
Bosh og’riq, ko’ngil aynish, qayt qilish (bosh ichi gematomasida)
#DIAGNOSTIKA👇
1.Magnit-rezonans tomografiyasi
2.Bosh suyagi travmalarida – rentgen, kompyuter tomografiya, magnit-rezonans tomografiya, exoensefalografiya, lyumbal punksiya.
#DAVOLASH👇
1.Gematomani ochish
2.Bosh suyagi trepanatsiyasi
3.Malhamlar, so’riltiruvchi preparatlar.
4.Asoratlarning oldini olish maqsadida kichik o’lchamdagi gematomalarni olib tashlash amaliyoti bajariladi.
#ASORATLARI👇
1.Falaj
2.Parez
3.Nafas to’xtashi
4.Koma
5.O’lim holatlari
#PROFILAKTIKA👇
1.Shikastlanishdan saqlanish
2.O’z vaqtida shifokorga murojaat qilish