RЕVMATIZMNNIG TABIIY DAVOLARI

RЕVMATIZMNNIG TABIIY DAVOLARI


Piyoz. 3 ta katta piyozni maydalab 1 litr suvda qaynatib, ertalab va uyquga yotish oldidan 1 stakandan ichiladi.

Maydalangan piyozni og‘riyotgan joyga 20-30 minutdan 2-3 marta qo‘yish kerak.


Kartoshka. Qizil kartoshkani mayda tishli qirg‘ichdan chiqarib, og‘riyotgan joyga qo‘yib, issiq qilib bog‘lab olish kerak.


Qo‘y yog‘i – uni ishlatishdan oldin yaxshilab bug‘da eritib olinadi. Issiq vanna qabul qilgandan keyin oyoqlarni quritib olib qo‘y yog‘idan suriladi va paxtali paypoq kiyib yotiladi.


Chumoli moy. Chumoli moyining 4 osh qoshig‘iga 1 osh qoshiq bodom moyi aralashtirib, 20 kun davomida iliq joyda saqlanadi. Vaqt o‘tgach, og‘riyotgan bo‘g‘imlarga yotishdan oldin surtiladi.


Turp 3 hissa turp shirasiga 2 hissa asal va 1 hissa tibbiy spirtning 70 foizligi bilan aralashtiriladi. Keyin ushbu malham bilan badanning ozor joyiga yengil harakat bilan surtiladi. Muolajani kechqurin yotishdan oldin amalga oshirish kera. Shunda samarasi tezroq bilinadi.

Bu malhamni shisha idishda saqlash talab etiladi.