Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:
I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo’qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo’qolib ketishi lozim.
© Doctor Muxtorov