Atopik dermatit ovqat allergiyasimi?

Atopik dermatit ovqat allergiyasimi?🔸️

Atopik dermatit (diatez) terining surunkali yalliģlanish kasalligi bòlib, terida himoya qoplami hosil qiluvchi “fillagrin” oqsillarning tuģma yetishmasligi natijasida uning baryer xususiyati buziladi va buning oqibatida teri namlikni ushlab qololmaydi va tashqi ta’sirlarga (allergenlar, bakterialar, harorat, namlik) òta sezuvchan bòlib qoladi.

Atopik dermatit bolalarda faqat 30% holatda ovqat allergiyasi bilan boģliq bòladi. Shuning uchun ham kòp hollarda dieta qilgan bilan samarasi bòlmaydi. Asosan sigir suti oqsillari, tuxum, bugʻdoy uni, soya, baliq, yeryongʻoq kabi mahsulotlarga allergiya aniqlanishi mumkin.

Asosiy belgilari:

🔸️terining qizarishi

🔸️quruqligi

🔸️qipiqlanishi

🔸️qatqaloq paydo bòlishi

🔸️qichishish

Toshmalar bolalarda odatda yuzida, yanoqlarida, qoʻl va oyoqlarning tashqi yuzalarida, boʻyin sohasida, ba’zan butun badanida boʻlishi mumkin.

Davolash = parvarish!!!

🔸️har kuni vanna qabul qilish

🔸️suv harorati 33-34°C, tindirilgan yoki filtrlangan bòlsa yana ham yaxshi

🔸️turli sovunlar, gellar, kir sovun, òsimlik damlamalari ishlatish mumkin emas

🔸️mochalka ishlatish aslo yaramaydi

🔸️sochiq juda yumshoq bòlishi kerak, nomiga artiladi, ishqalash mumkin emas

🔸️chòmilgandan sòng darhol EMOLENTlar surtiladi

🔸️xona harorati issiq va quruq bòlmasligi kerak

🔸️xonada chang yiģuvchi buyumlar va uy xayvonlarini saqlash tavsiya etilmaydi.

Atopik dermatitni davolashda qòllaniladigan asosiy dori vositasi topik steroidlar (gormonal mazlar) hisoblanadi. Lekin ularni faqatgina shifokor tavsiyasi bilan qòllash maqsadga muvofiq. Oʻzboshimchalik bilan qoʻllash yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.