Betob bo‘lmaslikning 10 usuli

Betob bo‘lmaslikning 10 usuli

Betob bo‘lmaslikning iloji bormi yoki dardga chalinsangiz, qanday qilib tezda sog‘ayish mumkin? Dori-darmonsiz davolanish usullari bormi? Qanday to‘g‘ri chiniqish va shamollashdan so‘ng tezda tiklanish mumkin?Shu va boshqa savollarga quyida javob topasiz!


✅ Chiniqing — Asosiysi, o‘z vaqtida, to‘g‘ri chiniqishga harakat qiling.

✅ Immunitetingizni mustahkamlovchi tabiiy preparatlarni qabul qiling — Jenshen, limon o‘ti, eleuterokokk kabi tabiiy giyohlardan foydalaning. Biroq malhamlarni iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

✅ Gripp mavsumida odam gavjum joylarga borganda maxsus niqoblardan foydalaning — Niqobni o‘zingiz ham uy sharoitida tayyorlashingiz mumkin: doka bo‘lagiga (100×50 sm) paxtani ingichka qilib (30×20 sm) qo‘ying. So‘ng dokani buklang, paxta ichida qolsin va chetini shunday qirqingki, natijada ikki juft bog‘ich hosil bo‘lsin.

✅ Agar oilangizda kimdir grippga chalingan bo‘lsa — ovqatlangandan so‘ng idishlarini qaynating yoki bemor uchun alohida idish ajrating.

✅ Sovuq havoda burun bilan nafas olishga harakat qiling — Burunning shilliq pardasi havodagi viruslarni filtrlay oladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida esa unday emas.

✅ Oktabrdan aprel oyigacha har kuni S vitamini yoki askorbin kislotasi iste’mol qiling. Epidemiya davrida vitaminlarni 1000 mg ko‘paytirish kerak. Darvoqe S vitaminini shifokor nazoratisiz iste’mol qilmang: keragidan ortiq qabul qilinsa, buyrakda tosh paydo bo‘lishi mumkin.

✅ Grippga qarshi emlattiring — Biroq avval shifokor bilan maslahatlashing.

✅ Uyingizda ozodalikka rioya qiling.

✅ Iloji boricha qo‘lingizni tez-tez sovun bilan yuvib turing — Ko‘chadan kelganingizdan so‘ng tezda yuvinib oling.

✅ Ikki kunda bir marta xonani shamollating va dezinfeksiya qiling — Buning uchun sarimsoq piyozning bir bo‘lagini va achchiq qalampirni parrak-parrak qilib to‘g‘rang va likopchaga solib, xona chetlariga qo‘yib chiqing. Bir necha soat tursin.