Yurak uchun eng zararli 7 mahsulot

Yurak uchun eng zararli 7 mahsulot


Yurak-qon tomir kasalliklari insonlarni ko‘p holatda hayotdan olib ketuvchi sababga aylanadi. Har yili dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan millionlab odamlar yurak kasalliklari va uning oqibatlari natijasida olamdan o‘tadilar. Bu kabi hastaliklarga moyillik irsiy ham bo‘lishi mumkin, ammo ko‘p holatlarda noto‘g‘ri turmush tarzi, ayniqsa zararli taomnoma mahsulotlari ham ana shunday ayanchli oqibatlarga olib keladi.


Shakar❗️


Shakar deyarli har bir mahsulot tarkibida mavjud bo‘lib, yurak uchun juda havflidir. Mutaxassislar kuniga 20-30 gr dan ortiq shakar iste’mol qilmaslikni tavsiya etadilar.


Shirinlik va pishiriqlar❗️


Pishiriqlar tarkibida ko‘p miqdorda shakar va to‘yingan yog‘ bo‘ladi. Ushbu mahsulotlar hech qanday ozuqaviy hususiyatiga ega emas. Faqatgina xolesterin miqdorini oshiradi holos.


Gazlangan ichimliklar❗️


Ularning asosiy xavfi tarkibidagi shakar emas, shakarning suyuq ko‘rinishdadir. Shakarli suvlar insulin miqdorini o‘zgartirib yuboradi, bu esa ortiqcha vazn va butun boshli metobolik buzilishlarning asosiy sababchisiga aylanadi.


Yog‘sizlantirilgan mahsulotlar❗️


Yog‘sizlantirilgan mahsulotlar bir qarashda foydalidek tuyulishi mumkin, ammo ko‘p hollarda tarkibida yog‘ bo‘lgan narsalar ham aynan shunday nom bilan sotuvga qo‘yiladi. Shu boisdan mahsulotlarni harid qilishdan avval ularning tarkibini o‘rganib chiqing.


Margarin❗️


Margarin –to‘yingan yog‘ning koni bo‘lgan mahsulotlardan biri. U organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi.


Oq non❗️


Nonni me’yorida tanovul qilgan yaxshi. Ammo oq nondan voz kechib, qorasiga o‘tganingiz ma’qulroqdir. U ishlov berilgan uglevodlar koni sanaladi, uning tarkibida kletchatka ham, foydali moddalar ham mavjud emas. Oq nonni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish qondagi glyukoza miqdorini tushiradi va qon tomir kasalliklari xavfini kuchaytirib yuboradi.


Sotuvdagi yogurtlar❗️


Sotuvdagi yogurtlar sun’iy qo‘shimchalar va zararli moddalar bilan birgalikda ishlab chiqariladi. Shu sababli yogurt iste’mol qilishni istagan paytingizda uni uy sharoitida tayyorlashga harakat qiling.