Bolqorlar – turkiy xalq. Asosan Shimoliy Kavkazda – Rossiyaning Kabarda-Bolqor, Qorachoy-Cherkes Respublikalari, Stavropol oʻlkasi va Moskva shahrida, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Ukraina, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Qorachoy-bolqor tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 130 ming atrofida.
Aql sabr beradi.
Allohdan qoʻrqmagan odamdan uyalmas.
Ahmoq bilan olishgan ham ahmoq.
Yomon odam boyisa, qoʻshnisini sigʻdirmas.
Yomon odamda olgiliging boʻlguncha, yaxshi odamga bergiliging boʻlsin.
It iskagan suvni arslon ichmas.
Qargʻa gʻoqillab gʻoz boʻlmas, qari qiypanglab qiz boʻlmas.
Odamlar hurmatingni qilmasa, oʻzingdan koʻngling qolsin.
Odamni yoʻgʻida soʻkma, borida maqtama.
Oz soʻzlaganning qaygʻusi kam boʻladi.
Ontin buzgan ontga ishonmas.
Ota yurtimning boshi boʻlmasam-da, boʻsagʻasining toshi boʻlayin.
Sergap odam bir soatda bir oylik xato qiladi.
Tili uzunning uyati qisqa.
Uyim degan uyi boʻyli toshni ham koʻtaradi.
Umid togʻ tepasiga chiqaradi.
Oʻt oʻchirish uchun toza suv izlamaydilar.
Xotin olmoqchi boʻlsang, uylanmaganning soʻziga quloq tutma.
Chaqirilmagan qoʻnoq qachon ketishini soʻramaydi.
Er – soʻziga ega kishidir.
Yurak koʻrmasa, koʻz ham koʻrmaydi.
Bolqor tilidan Orif Tolib oʻzbekchalashtirdi.
oriftolib.uz