Armondan qolsang ham, darmondan qolma.
Arpasiz ot dovon osholmas.
Arslon xuruji sherda,
Sher xuruji erda.
Arslonning bo’kirgani — to’ng’izning o’lgani.
Bag’ridagini oldirgan og’zidagini oldirar.
Birov so’rab yeydi,
Birov burab yeydi.
Boyning iti hurag’on,
Oti yurag’on bo’lar.
Boyning ishi farmon bilan,
Yo’qning ishi armon bilan.
Bor yetti pushtini qo’llar.
Borida — bo’ri,
Yo’g’ida — sho’ri.
Borning kosasi qirga qarab yumalar.
Buiganing ko’ziga igna xari bo’lib,
Chumoli fil bo’lib ko’rinar.
Bo’ri ovi — o’rtada,
Quzg’un ovi — tepada.
Bo’ri qarisa ham bitta qo’yga kuchi yetar.
Bo’sh yog’ochni quit yer.
Bo’sh kelganni bo’ri bosar.
Bo’sh omborning qulfi bo’lak.
Bo’sh qop tik turmas.
Daraxtning yumshog’ini qurt yer.
Devorda ungan giyohning
Bir shamollik hoh bor.
Yotaversang yov olar,
Indamasang — dov.
Yotgan yovga yoqar.
Yosh zehn — qaynar buloq.
Jalada qolgan yomg’irdan qo’rqmas.
Jin ko’ziga chirmanda — chorvoq.
Jo’mard yo’qligini bildirmas,
Tulpor — ochligini.
Zargarning ming urgani —
Chilangarning bir urgani.
Zari borning zo’ri bor.
Zarli zariga ishonar,
Zarsiz — kuchiga.
Zo’r zo’rni ko’rganda bo’ynini qisar.
Zo’r ovchi sher otar.
Zo’rdan zo’r chiqsa, zo’r dumini qisar.
Zo’ring bo’lsa, uy qurib ko’r,
Zaring bo’lsa, to’y qilib ko’r.
Zo’rning kuchi tegirmon yuritar.
Zo’rning toshi qirga yumalar.
Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kirar.
Ignachining ming urgani —
Temirchining bir urgani.
Ikki nor urishsa,
O’rtada chivin o’lar.
Ikki tuyg’un yoprilsa, g’ozning sho’ri.
Iliging qurisa ham, yo’ldan qolma.
Ilon yuz yil yashasa — ajdaho,
Ming yil yashasa — yuho.
Inson qilolmaydigan ish yo’q.
Insonning joni — toshdan qattiq,
Ko’ngli — guldan nozik.
Ip ingichka yeridan uzilar.
Ipni ipga qo’shsang, arqon bo’lar.
It yengganini talar.
It egasiga suyanib huradi.
It hursa ham, oy seskanmas.
Yigit qo’lin tengi yo’q.
Yigitga yo zar kerak, yo — zo’r.
Yigitning zo’ri yer ochar.
Yo’lbars qirqqa kirsa ham, yeyishi — ang,
Qarg’a mingga kirsa ham, yeyishi — go’ng.
Kalit qulfdan kuchli.
Katta daraxtning soyasi ham katta.
Kemali kelsa, qayiqli qochar.
Kuchi yetmagan to’g’anoq solar.
Kuchi yo’q kurak sindirar.
Ko’z yetmagan joyga so’z yetar.
Ko’z yoshi toshni eritar.
Ko’ngil qanoti osmondan katta.
Ko’p botirdan yov ketar,
Ko’p chechandan dov ketar.
Ming daraxtning boshini bir bolta chopar.
Ming qarg’aga bir kesak.
Misgarning ming urgani,
Bosqonchining bir urgani.
Moli borning holi bor.
Molsiz kishi — jonsiz kishi.
Odam toshdan qattiq,
Paxtadan — yumshoq.
Ozman ho’kiz o’zidan qo’rqib novvosga ergashar.
Oy yorug’i — olamcha,
Sham yorug’i — ayvoncha.
Oyni etak bilan yopib bo’lmas.
Ola ko’zdan olg’ir bo’lsa ham, arslon bo’lolmas.
Ola to’g’anoq olg’ir bo’lsa ham, qarchig’ay bo’lmas.
Olomondan qochgan qutulmas.
Oriq otga qamchi ham yuk.
Ot bo’lari qulunligidan belgili,
Er bo’lari lo’laligidan belgili.
Ota qarg’ishi — o’q,
Ona qarg’ishi — do’q.
Otang bilan maqtanma,
Oting bilan maqtan.
Otang erdir,
Sen ham erdek qiliq qil.
Otdan otning chopishi ortiq,
Er yigitning topishi ortiq.
Oti yo’q toy qo’shar,
Quroli yo’q asir tushar.
Otning odimi katta,
Tuyaning — tovoni.
Oftobni qo’l bilan yashirib bo’lmas.
Pul — belga quvvat, boshga — toj.
Pul zamburning nishini qaytarar.
Sichqon nazarida mushukdan zo’r maxluq yo’q.
Sichqonga mushuk arslon bo’lib ko’rinar.
Sichqonning qarg’ishi mushukka o’tmas.
Terak terakni yiqar.
Til bilan tikan tortib bo’lmas.
Tirnog’i bo’lmasa, yo’lbars ham ojiz.
Tovuqning uchgani tomgacha.
Tomchi tosh teshar.
Tosh tushgan yerida og’ir.
Tog’ni zanjir ocholmas,
Dengizni qayiq buzolmas.
Tuya cho’ksa, tuki qolar,
Agar o’lsa, yuki qolar.
Tuyani shamol uchirsa,
Echkini osmonda ko’r.
To’qmoq kuchli bo’lsa,
Yung qoziq yerga kirar.
Uyqu arslonni ham yiqitar.
Uyqu o’lim bilan teng.
Uyqu uyquning sherigi.
Uyurni shamol uchirsa,
Do’ppingni osmonda ko’r.
Chayon cho’qqa tushsa,
O’z nishini o’ziga sanchar.
Chimxo’r ho’kiz ochdan o’lar.
Elning kuchi — ellik botmon.
Er bor yerda zo’r bor.
Er yigitning quvvati — el quvvati.
Echkiga jon qayg’usi,
Qassobga — moy.
Eshakning yugurigi — otning oqsog’i.
Yuk og’irini nor ko’tarar.
O’z joyida laycha ham sher.
O’lar to’ng’iz qaynoq suvdan tap tortmas.
O’lar ho’kiz boltadan qaytmas.
Qaynab turgan buloqni
Kuch bilan to’sib bo’lmas.
Qalam kuchi farmon bilan,
Qilich kuchi darmon bilan.
Qalam qihchdan o’tkir.
Qalamning ishini qilich qilolmas.
Qalamning uchi — qihchning kuchi.
Qirq igna bir juvoldiz bo’lmas.
Qurolda qirq kishining kuchi bor.
Qurol-yarog’siz sarboz —
Dumsiz, oyoqsiz g’oz.
Qo’y qarg’ishi bo’riga o’tmas.