29-noyabr O’zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun

Chorvachilik instituti O’zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot Instituti-ilmiy muassasasi. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibida. Toshknt vilayati Qibray tumanidagi Qizil shalola posyolkasida joylashgan. 1939-yil 29-noyabrda O’rta Osiyo hamda stansiyalari negizida tashkil topgan. Institutda 23 bo’lim bo’lib, maxsus tadqiqotlar olib boruvchi guruhlar bor. Institut tarkibida Qoraqalpag’iston Respublikasi filiali, Toshkent viloyatida «Qizil shalola” tajriba xo’jaligi, A.Usanov nomidagi shirkatlar uyushmasi, «Erkin» shirkatlar uyushmasi, Surxandaryo tayanch punkti, Samarqand labaratoriyasi, fermentlar ishlab chiqaruvchi labaratoriya, Parrandachilik seleksiya-genetikasi stansiyasi, Chotqol asalarichilik tajriba xo’jaligi, Bushuev zotli qoramolni tarqatish korxonasi, chorva va parranda zotlari, ozuqabop ekinlar, chorvachilikni mexanizatsiyalash bo’yicha ko’rgazma pavilioni, chorvador ilg’or tajriba va mexanizatorlar malakasini oshirish maktabi faoliyat ko’rsatadi. Institut faoliyatining asosiy yo’nalishlari; chorva mollari va parrandalarning mavjud zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarini yaratish, ozuqabop ekinlarning serhosil navlari va duragaylarini yaratish, chorvachilik va yem–xashak etishtirishning jadal texnologiyalarini ishlab chiqish, chorva mollari va parrandalarni ilmiy asosda boqish, ularning mag’suldorligini oshirishning biologik asoslarini o’rganish.


29-noyabr «Ё” harfi kuni

«Ё” harfi kuni har yili 29-noyabrda nishonlanadi. 1783-yil aynan shu kuni rus alifbosi yana bitta harfga boyidi. Ё ,ё-rus va belorus alifbosining 7-harfi. Bu harf slavyan bo’lmagan boshqa xalqlar alifbosida (kirill yozuvida) ham ishlatiladi (masalan, o’zbek, qirg’iz, mongol va chuvash). Rus tilida «ё” ((i) e)dan talaffuzdagi ((i) o) hosil bo’lganda ishlatiladi. Boshqa slavyan kirill yozuvida «ё” ishlatilmaydi. Ukraina va bolgar yozuvida ovozni belgilovchi belgi undoshdan keyin ь, o, boshqa holatlarda yo shaklida yoziladi. Serb yozuvida (makedoniya negizida tuzilgan) oldingi undosh harfni yumshatadigan hech qanday alohida harf yo’q.


29-noyabr Pragada Rojdestvo yarmarkasi kuni

29-noyabrdan 11-dekabrgacha Pragada ajoyib bayram atmosferasi hukmronlik qiladi, yarmarka rojdestvo bayramlari sirli bo’lishini asosiy kalitidir, shuning uchun rang-barang olovlar bilan bezatilgan shahar markazi shaharliklar va turistlarni o’ziga jalb qiladi. Bozorlar yarqiratib bezatilgan yog’och uychalarda bo’ladi va u yerda an’anaviy qo’l mehnati mahsulotlari, yog’och o’yinchoqlar, bogem xrustallari, tilladan ishlangan buyumlar, kashtado’zlik, metall buyumlar, kulolchilik likoplari va krujkalar, xushbo’y shamlar, bosh kiyim, qo’lqop va sharflar, chiroyli kiyintirilgan qo’g’irchoqlar va albatta archa o’yinchoqlari sotiladi. Lekin Pragada rojdestvo bozorlari bu faqat magazinlar emas. Tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarish jarayonini kuzatishlari, bundan tashqari, barcha mahalliy ovqatlar va ichimliklardan totib ko’rishlari mumkin. Bu yerda chex usulida pishirilgan son go’shti va va albatta juda shirin sosiskadan tayyorlangan barbekyular ham bo’ladi. Qo’shimchasiga chex pivosi va ichimliklari. Qo’lda qaynoq chex vinosini ushlagan holda rojdestvo buyumlarini sotib olish qanday maroqli! Staromest maydonidagi rojdestvo bozoriga hayvonlar saqlanadigan maydoncha quriladi va bolalar u yerda qo’ylar, echkilar va eshaklarni tomosha qilishlari mumkin bo’ladi. Chexiyaning shimolidagi krokonosha tog’laridan keltirilgan rojdestvo archasi hammada katta taasurot qoldiradi. Har kuni kechqurun archa 5 soatga yoqib qo’yiladi, butun maydon bo’ylab yurilganda ham undan zavqlanish mumkin. Tadbir programmasiga musiqali chiqishlar ham kirgizilgan. Kechqurun Staromest maydonidagi sahnada mahalliy xor va raqs dastalari o’z ijrolarini namoyon qilishadi. Ijrochilar orasida an’anaviy kiyimlar kiygan maktab o’quvchilari ham bo’lib, ular raqs va musiqali chiqishlar tashkil qilishadi. Bundan tashqari, noyabr oxirida-dekabr boshida Pragada Rojdestvo musiqa festivali o’tkaziladi.