1946-yil 17-noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojeali voqealarga bog’liq. 1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o’qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta’lim bayramini (1918-yil 28-oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to’polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o’ldirilgan. 1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o’rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o’ldirilgan. Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o’quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o’tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko’pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.
Shuningdek, 17-noyabr Ekvatorial Gvineya respublikasi tashkil topgan kun Batafsil
17-noyabr Italiyada «Qora mushuklarni himoya qilish” kuni
17-noyabr Italiyada «Qora mushuklarni himoya qilish” kuni. Ma’lumki ko’p xalqlarda qora mushuklar «baxtsizlik keltiradi» deb bilishadi. Har yili necha ming qora mushuklar yo’qoladi yoki odamlar tomonidan o’ldiriladi. Faqat Rim shahrining o’zidagina 15 000 dan ziyyod qora mushuklarning egalari o’z mushuklarini yo’qotib qo’yishar ekan. Kamdan kam hollarda ularni qabul qilish punktlari qabul qilib olar ekan. Italiya atrof muhitni himoya qilish assosiasiyasining faol a’zolari, «omadsiz” hayvonlar haqida statistik ma’lumotlar yig’ib, ularni qirib tashlash haqidagi muamolarni yechishga kirishdilar. Birinchi qadam bo’lib 2007-yilda «qora mushuklarni himoya qilish” haqidagi kun tasdiqlandi. Assosiasiyasining xabar berishicha, tashkilot nafaqat qora mushuklarni himoya qiladi, balki ularga mehribonlik qilib, yordam berganlarni ham taqdirlaydi. Lekin jahondagi ko’pgina davlatlarda ular umuman yordamga muhtoj emas ekanlar. Masalan, Buyuk Britaniyaning ba’zi bir tumanlarida qora mushuk egasi ayol bo’lsa u hech qachon hushtorsiz qolmas, Shotlandiyada qora mushuk uyga boylik olib kelar ekan. Moryaklar ham qora mushuklarni hafa qilishmas, ular uchun bu mushuklar suvda omad keltirar ekanlar.
Devid Livingston Viktoriya sharsharasini ko’rgan birinchi yevropalik
Janubiy Afrikadagi sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan nuqtalardan biri – bu Zambii va Zimbabve chegaralaridagi Zambezi daryosidagi sharsharadir. Balandligi 108 m va kengligi 1800 mil sharsharani oldida shu yerliklarga nisbatan juda issiq kiyingan kishini tasvirlovchi haykal bor. Bu savlatli britaniyalikning ismi Devid Livingston, u yevropaliklar ichida birinchi bo’lib bu ulkan sharsharani ko’rgan va uni britaniya qirolichasi sharafiga –Viktoriya deb atagan. Mahalliy aholi esa o’zgacha «shaqildoq tutun” deb ataydi. Sharsharani birinchi marta ko’rgan Livingston uni juda obrazli qilib tasvirlab sharsharani qor bo’roniga o’xshash bahaybat parda deb ataydi. U shunday deydi: «Angliyada ko’rganlarimning birontasi uning go’zalligiga tenglasha olmaydi. Yevropaliklar oldin hech qachon bunday narsani ko’rmaganlar. Bu joy shunday ajoyibki, farishtalar ham osmondan tomosha qilsalar kerak.”
17-noyabr muddatidan oldin tug’ilgan bolalar kuni
17-noyabrda butun dunyo bo’yicha Xalqaro muddatidan oldin tug’ilgan bolalar kuni nishonlanadi. Bu kun muddatidan oldin tug’ilgan bolalarni parvarishlash Yevropa fondining tashabbusi bilan 2009-yil tashkil etilgan. Har yili planetamizda 15 mln ga yaqin bola vaqtidan oldin ya’ni chala tug’iladi, boshqacha aytganda, o’rtacha olganda tug’iladigan bolalarning har o’ninchisi muddatidan oldin tug’iladi. Bu bolalarning bir milliondan ortig’i tug’ilishi bilan o’ladi, ko’pchiligi esa jismoniy va ruhiy nogironlikdan aziyat chekadi yoki bilim olish jarayonida turli muammolarni boshidan kechiradi. Statistik hisob-kitobga ko’ra, dunyo bo’yicha yangi tug’ilgan bolalarni o’limiga olib keluvchi hodisalarning deyarli yarmini vaqtidan oldin tug’ilish tashkil etar ekan. Oxirgi yillarda bolalarning vaqtidan oldin tug’ilishi barqarorlashganligi kuzatilmoqda. Ma’lumki, yangi tug’ilagan bolalar juda zaif bo’lishadi, lekin chala tug’ilganlar esa birinchi navbatda. Muddatidan oldin tug’ilish muammosiga esa jamoatchilik tomonidan yetarlicha baho berilmayapti. Doktorlar bu muammoga ko’proq e’tibor qaratilishiga harakat qilishmoqda.