Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (International School Library Day) Yunesko tashabbusi bilan 1999 yildan buyon o’tkazilib kelinadi. Ilk marta bu tadbir xalqaro maktab kutubxonalari assotsiatsiyasining raisi (International Association of School Librarianship, IASL) Blansh Vullz tomonidan tantanali ravishda e’lon qilindi. 2005 yilda tadbirni bayram tarzida rasmiy ravishda nishonlashni mazkur tashkilotning yangi prezidenti Piter Jenko tasdiqladi. 2008 yilda bu voqyea birinchi darajaga ko’tarildi. Ya’ni yanvar oyida mazkur loyihaning ish yurituvchisi Rik Malxollanning e’lon qilishicha, xalqaro maktab kutubxonachilari kuni oyligi ҳam xalqaro tarzda o’tkaziladiga bo’ldi. Shunday qilib shu yilning oktyabrida ilk marta Maktab kutubxonachilarining «Maktab kutubxonasida savodxonlikni rivojlantirish” shiori ostida tadbirlar oyligi o’tkazildi. Tadbir qatnashchilari bir oy ichida xohlagan bir kunni maktab kutubxonachilariga bag’ishlangan tadbirni o’tkazish uchun tanlab olishlari mumkin. Ba’zi bir tashkilotchilar bir kun bilan chegaralanib qolmasdan uzoq vaqtga mo’ljallangan tadbir kunlarini e’lon qilishdi. Masalan, oylik tadbirlar o’tkazilgan kunlarda kitobxonlarni qiziqtirish va ularning sonini aniqlash. Shunday qilib har yili oktyabr oyining oxirgi haftasida «Maktab kutubxonalari kuni xalqaro miqyosda o’tkaziladigan bo’ldi. Maktab kutubxonachilari kunini o’tkazishdan asosiy maqsad bolalar kitobxonligiga jamoatchilik e’tiborini qaratish va maktablarda kitob fondini rivojlantirib borish hisoblanadi.
Shuningdek, 26-oktabr Norvegiya Qirolligi mustaqilligi kuni