28-iyul Dunyo bo’yicha gepatitga qarshi kurashish kuni

Gepatit Virusi insoniyat salomatligi uchun eng asosiy xavflardan biri hisoblanadi. Har yili 28 iyul kuni ko’p davlatlarda Dunyo bo’yicha gepatitga qarshi kurash o’tkaziladi. Ushbu sanada belgilangani sababi, Nobel mukofoti laureati, B Gepatit virusini aniqlagan Amerikalik shifokor Samuel Baruxning tug’ilgan kuni hisoblanadi. 2008-yil ilk marotaba xalqaro gepatitga qarshi kurash tashkiloti tashabbusi bilan o’tkazilgan. 2011-yil butun jahon  sog’liqni saqlash tashkiloti ushbu sanani o’z taqvimiga kiritdi, va shu orqali butun jahon gepatitga qarshi kurashish kuni o’z maxsus maqomiga ega bo’ldi. Ushbu kunda butun jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti turli davlat shifokorlariga har xil suhbatlar olib borish, insonlarga gepatit virusi va uning kasallikka olib borish yo’llarini oldini olish haqida tushuntirish kerakligini maslahat berishadi. Butun jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti xabar berishicha, gepatit dunyo bo’yicha 2 milliard insonni zararlagan. Ba’zi shaharlarda A gepatit virusi bilan aholining katta qismi kasallangan, istiqomat qiluvchilarning 10 qismi  B va C gepatit virusidan zararlanganlar hisoblanishadi. Jigar to’qimasinng kasallanishi gepatit deyiladi. Gepatit virusi-ajralib turadi, jigar to’qimalarida ko’payishi mumkin bo’lgan virus chaqiradi. Turli  viruslar orqali ko’paygan gepatitlar, har xil yo’l bilan yuqishi mumkin. Shu bilan birga Serroz va Rak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi  kuchli jigar xastaligiga ham chalinish mumkin. Gepatitdan 2 usul  bilan himoyalanish mumkin. Birinchidan, gigiyena qoidalariga rioya qilish natijasida A va E viruslaridan himoyalanish mumkin, qon quyishda  ehtiyotkor bo’lish lozim. Ikkinchidan, emlash qilish ham mumkin. Ikkala aytib o’tilgan usullar Gepatitdan zararlanish, kasallanishning oldini oladi.