26-iyun Madagaskar Respublikasida mustaqillik kuni

26-iyun Madagaskar Respublikasida mustaqillik kuni

  1960-yil 26-iyunda Malagasiya Respublikasining mustaqillik kuni e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Madagaskarda mustaqillik kuni-milliy bayram nishonlanadi. Mustaqilik e’lon qilingandan so‘ng, demokratik saylovlar natijasida hokimiyatga Filiber Siranana rahbarligidagi sotsial-demokratik partiya keldi. Siranana hukumatining Neokolonialistik tuzumi turmush tarzini keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Hokimiyatga qarshi ommaviy chiqishlar va namoyishlar o‘tkazilgan. Bu sharoitlardan kelib chiqib, 1972-yil 18 -mayda  Siranana  hokimiyatni harbiylar qo‘liga topshirdi. Yangi hokimiyatni general Ramanansua boshqardi. Ramanatsua hokimiyati 1960-yilda  frank-malagasiya shartnomasini boshqatdan ko‘rib chiqdi va 1973-yilda Madagaskar mustaqilligini tasdiqlovchi va fransuz qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.