Bugun 12-iyul 2023-yil, chorshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro qum va chang bo’ronlariga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon fuqaro aviatsiyasi bortprovodniklari kuni.
🌏 Xalqaro gandbol haftaligi boshlanishi.
🌏 Malala kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇲🇽 Meksika — Advokatlar kuni.
🇮🇷 Eron — Hijob va iffat kuni.
🇲🇸 Montserrat — Milliy ibodat va minnatdorchilik kuni.
🇸🇹 San-Tome va Prinsipi — Mustaqillik kuni.
🇰🇮 Kiribati — Mustaqillik kuni.
🇲🇳 Mo‘g‘uliston ‐ Nadam festivali.
👉 VOQEALAR:
— 464 — Lyu Szye otasi Syaou-di vafotidan keyin Janubiy Sunning 6-imperatori bo’ldi.
— 1573 — Alba gertsogi boshchiligidagi Ispaniya armiyasi 7 oylik qamaldan so’ng Xaarlem shahrini egallab oldi.
— 1580 — Injilning toʻliq shakli nashr qilindi.
— 1590 — Saratov shahri tashkil etildi.
— 1679 — Ingliz qiroli Karl II fuqarolarning sud huquqlarini kafolatlovchi hujjat chiqardi.
— 1776 — Jeyms Kuk Plimutdan so’nggi ekspeditsiyasiga jo’nab ketdi.
— 1806 — Napoleon Germaniya davlatlarining Reyn ittifoqini tuzdi.
— 1862 — AQShning eng yuqori harbiy mukofoti — «Shon-sharaf medali» ta’sis etildi.
— 1901 — Reyxstagda duel mumkinligi belgilandi.
— 1917 — Birinchi jahon urushi paytida dunyoda birinchi marta kimyoviy qurol-iprit gazi ishlatilgan.
— 1920 — Litva va RSFSR o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.
— 1943 — Proxorovka jangi.
— 1962 — Londonda The Rolling Stonesguruhining ilk konserti.
— 1988 — Tog’li Qorabog’ viloyati Ozarbayjon tarkibidan chiqqanini e’lon qildi.
— 1993 — Yaponiyaning Xokkaydo orolida sodir bo’lgan va Rixter shkalasiga ko’ra 7.7 magnitudali yer silkinishi, 230 kishining umriga zomin bo’ldi.
— 1998 — Fransiya futbol jamoasi finalda Braziliyani mag’lub etib, birinchi marta futbol bo’yicha jahon chempioni bo’ldi.
— 2006 — Hizbulloh jangarilarining qurolli harakati Isroil-Livan mojarosining boshlanishiga olib keldi.
— 2009 — Daliya Gribauskayte Litvada birinchi prezident ayol bo‘ldi.
— 2011 — Neptun 1846-yilda sayyora kashf etilganidan beri Quyosh atrofida birinchi to’liq aylanib chiqishni yakunladi.
— 2021 — Yevropada suv toshqinlari boshlandi, 190 dan ortiq odam, shu jumladan Germaniyada 150 dan ortiq odam halok bo’ldi.