Messi «PSJ»da yiliga qancha maosh oladi va «Barselona» Messidan qancha foyda ko’rdi?

Messi «PSJ»da yiliga qancha maosh oladi va «Barselona» Messidan qancha foyda ko’rdi?


34 yoshli argentinalik futbolchi Parij klubi bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzolaydi. Bundan tashqari, shartnoma bir mavsumga uzaytirilishi mumkin va Messining «PSJ» dagi maoshi bonuslar bilan birga yiliga 50 million yevroni tashkil qiladi (https://bugun.uz/sport/2021/08/07/messi-psdjda-yiliga-qancha-maosh-olishi-malum-boldi).‌‌


Shuningdek, 2021 yil 30 iyunda tugagan «Barselona» bilan shartnomaning umumiy qiymati 555 237 619 yevroni tashkil qildi va Messiga har mavsumda turli bonuslarni o’z ichiga olgan holda 138 million yevro maosh to’langan. Bundan tashqari, Marca xabariga ko’ra, «Barselona» Lionelga yana 63,5 million yevro qarzdor bo’lgan.


Hisob-kitoblarga ko’ra, Messi 2017 yildan buyon «Barselona» uchun 619,2 million yevro ishlab topgan bo’lib, shundan, 383,6 million yevroni Leoga maosh sifatida to’langan, qolgan 235,6 million yevro klubning sof daromadi bo’lgan. Bu «Barselona» umumiy daromadining 30 % tashkil qiladi (https://sport24.ru/news/football/2021-02-02-zarplata-messi-v-barselone—detali-kontrakta-555-mln-yevro-skolko-barselona-zarabatyvayet-blagodarya-messi).