Yo’l qurishning narxi qancha?
2021- yilda avtomobil yo‘llar qo‘mitasi qurgan eng qimmat yo‘l Gulistonda bo‘lgani, u yerdagi 3 km yo‘lning 1 kilometri $950 mingdan qurilgani bildirilgandi va bu 3- va 4-toifadagi yo’llar.
Boshqa davlatlarda:
— Rossiyada $620 ming;
— AQSh.da $3 mln;
— Xitoyda $2,5 mln;
— Qozog‘iston:
* 1-toifali yo’l $1,8 mln;
* 2-toifali yo’l $910 ming;
— Ukraina:
* 1-toifali yo’l $4,6 mln;
* 2-toifa uchun $2,1 mln;
* 3-toifa uchun $1,89 mln
* 4-toifa uchun $1,071 mln
Mutaxassislarga ko‘ra, O‘zbekistonda yo‘l qurilishi ishlatiladigan asfaltlar talabga javob bermaydi. AQSh, Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan asfalt-beton qoplamasi 15-20 yil kafolatga ega bo’lsa, bizda uzog‘i 2 yilgacha kafolat mavjud.
2021−2022 yillarda yo‘l qurish va ta’mirlashda esa 45 ta holatda 34,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangan.