«Xalqlar do’stligi» san’at saroyida bir kunlik konsert ijarasining narxi qancha?
«Xalqlar do’stligi» san’at saroyi yurtimizdagi eng yirik va mashxur xordiq maskanlaridan biridir. Ushbu maskan 1980-yilda qurilgan va o’ziga 3968 ta tomoshabinni sig’dira oladi.
Har yili ushbu maskanda koʻplab sanʼat ustalari va qiziqchilar oʻz muhlislariga konsert berib kelishadi. Sanʼat saroyini ijarasi kunlik boʻlib, har yili oshib kelmoqda ekan.
Bir kunlik ijara narxi:
— 2020-yili: 12,5 mln soʻm;
— 2021-yili: 25 mln soʻm;
— 2022-yili: 40 mln soʻm;
— 2023-yili: 60 mln soʻm.
Narxlar 4 yil oldingiga qaraganda salkam 5 barobarga oshgan.
Demak Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 16-28 fevral kunlari oʻtkazgan konsert dasturi uchun «Xalqlar doʻstligi»ga 780 mln soʻm talab ekan.