Toshkentda nikoh to’ylarini o’tkazish qanchaga tushadi?
Iliq kunlar kelishi bilan O’zbekistonda to’y mavsumi boshlanadi. Shu munosabat bilan biz o’rtacha to’y xarajatlari to’g’risida maqola tayyorlashga qaror qildik.
Xarajatlar:
— Restoran:
• Bir kishi uchun o’rtacha: 150 ming so’m;
• 250 kishi: 37,5 mln so’m;
• Alkogolli ichimliklar: 4 mln so’m
• To’rt: 1 mln so’m
• Zalni bezatish: 4 mln so’m;
Jami: 46,5 mln so’m.
— boshlovchi va musiqiy guruh:
• Boshlovchi: 2,5 mln so’m;
• Navbatchi guruhi: 6 mln so’m;
• Birrovga san’atkor 1 ta: 6 mln so’m;
• Jami: 14,5 mlm so’m
— Taklifnomalar: 2,2 mln so’m.
— To’y libosi ijarasi: 5 mln so’m.
— To’y korteji: 6 mln so’m.
— Foto va video: 7 mln so’m
Jami 81,2 mln so’mdan oshiq xarajat ketarkan.
Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi xarajatlar faqat kuyov tomoniga tegishli va bu xarajatlar ichiga mebellar va boshqa uy jihozlar kiritilmagan.
*Sizning hududingizda to’y marosimiga qancha sarflanadi?