Sarimsoqli sho‘rva

Kerakli mahsulotlar: 4 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 dona piyoz, 1,5 litr tovuq buloni (sho‘rva suvi), 4 dona kartoshka, 1 dona bulg‘ori qalampir, 1 dona sarimsoq, 4 burda non, 100 gramm qattiq pishloq, 1 bog‘ petrushka, ta’bga ko‘ra tuz va murch.




Tayyorlanishi:


Idishga 1 osh qoshiq zaytun yog‘i quyib, qizdiriladi. Maydalab qirqilgan piyoz qo‘shiladi va shaffof ko‘rinishga kelguncha pishiriladi.
Ustiga tovuq buloni quyilib, qaynatiladi.
Kubikcha shaklida qirqilgan kartoshkani solib, 5 daqiqa qaynatiladi.
Kubikcha shaklida qirqilgan bulg‘ori qalampir qo‘shiladi va 5 daqiqa yoki kartoshka pishguncha qaynatiladi.
Maydalab qirqilgan sarimsoq solinadi. Ta’bga ko‘ra ziravor sepiladi. Ozroq qaynagandan so‘ng idish olovdan olinadi.
Tovada 3 osh qoshiq zaytun yog‘i qizdirilib, kubik shaklida kesilgan non bo‘laklari hamma tomoni qizarguncha pishiriladi.
Sho‘rva suzilgach, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, maydalab to‘g‘ralgan ko‘kat va qovurilgan non qo‘shiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.


soglom.uz/tavsiya/sarimsoqli-shorva/