8 dekabr konstitutsiya kuni she’rlar

Bizning Konstitutsiya


Eng sara qonunlardan,

Qomusim-oftobro’ya,

Yozilgan tilla harfdan,

Bizning konstitutsiya!

Bering bir ahamiyat,

Jamdir davlat, jamiyat,

Har modda yuksak niyat,

Bizning konstitutsiya!

Sakkizinchi dekabr,

Doim qilingay qadr,

Ozod Vatan haqdadir,

Bizning konstitutsya!

Bayroq nima, gerb nima,

Vatan nima, yurt nima,

So’ra undan tortinma,

Bizning konstititsiya!

Bizning konstitutsiya!

Har yurakka bo’lsin jo,

Shunday ozod Vatanda,

Tinchlik so’nmasin aslo.

Sportmi yo san’atmi,

Fan yo, madanyatmi,

Jamlar ma’naviyatni,

Bizning konstitutsiya!

Mustaqillik ne’matdir,

Qadrin bilgan Ahaddir,

O’qib o’rgansang baxtdir,

Bizning konstitutsiya!



Qomusim


Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,


Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.


Fidodirman toki tanda qonim bor,


Men elimning Qomusini kuylayman!



Iymonli elimning baxtli farzandi,

Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.

Farovon zamonam porloq dilbandi,

Baxtliman  buyuk  Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!


Mustaqil diyorimni himoya etgan,

Dono hur fikrlari jahonga yetgan.

El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan

Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan


G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon

Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon.

Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon,

Baxtliman  buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!


Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,

Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim.

Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,

Baxtliman  buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

Hur zamon

Huquqimiz bayon etguvchi,

Har moddasin bilib olsak bas

Bizni doimo himoya etar,

U barchaga birday muqaddas.

 Bolalar bor: oq, sariq, qora,

Lekin qalbi  toza beg‘ubor.

Ular dili orzuga to‘la,

Gard qo‘nmasin, qo‘nmasin zinhor!

Jajji qalblar intilar tinmay

Poyoni yo‘q koinot tomon.

Yuragiga o‘kinch tushmasin,

Kelajagi bo‘lsin hur zamon.


Konstitutsiya kitobi

– Men baxtnoma kitobman,

Aql hamda idrokman.

Kimki meni o‘qisa,

Manguga men hamrohman.

Yo‘l ko‘rsatib charog‘on,

Sizni qilay farovon.

Sendan topdim baxtimni,

Huquqimni ahdimni.

Yo‘lim nurafshon bo‘ldi,

Ko‘nglim zavqlarga to‘ldi.

Sahifangni o‘qisam,

Asarlar bor biz uchun.

Kelajak himoyangda,

Bundan ortiq baxt qayda?

-O‘qib olsang kundan – kun,

Fikring bo‘ladi durkun.

Huquqlaring bilib ol,

Hayotda yur bemalol!

A’lo bo‘lsang har ishda,

Dono bo‘lsang yumushda,

Bilginki, sen ustivor!

Gaplarimni unutma,

Vaqt o‘tadi, sen kutma!

O‘qi, bedor bo‘lsang ham,

Hayotda bo‘lmaysan kam.

– Haq gaplaring muloyim,

Esdan chiqmaydi doim.

Qo‘limdan hech qo‘ymayman,

O‘qiyverib to‘ymayman!

Hamrohimsan, baxtimsan,

Ko‘nglimdagi ahdimsan!

-Iqbolimiz ko‘zlagan,

Adolatdan so‘zlagan.

Bu bizning “Baxtnomamiz”,

Yayrab undan qonamiz!

Baxtimizga yo‘l ochgan,

Iqbol urug‘in sochgan,

Qomusimiz bir jahon,

Dovrug‘i bo‘lsan doston!

– Mo‘tabar ona – Vatan,

Sadqa bo‘lsin jonu – tan,


Konstitutsiya haqida


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.

(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuza- tishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.)