O‘zbegimning qizlari

O‘zbegimning qizlari

Iqbol Mirzo she’ri


Oydin Abdullayeva musiqasi



Gulzorlar ko‘p, chaman ko‘p,


Shamshod, sarvu suman ko‘p.


Boshqa bog‘ning bormi xo‘p,


Nilufar, Nargizlari.


O‘zbegimning qizlari.



Bibixonim zehnidan,


Mohlaroyim mehridan,


Uvaysiz so‘z sehridan


Suv ichgan ildizlari –


O‘zbegimning qizlari.



NAQORAT:


Dil sofligi zilolda,


Bunday ko‘rk yo‘q hilolda.


Sadoqatu kamolda


Zulfiyaning izlari –


O‘zbegimning qizlari.



Qarang qalb dunyosiga,


Andisha hayosiga.


Teng bo‘lmas ziyosiga


Falakning yulduzlari –


O‘zbegimning qizlari.



Bibixonim zehnidan,


Mohlaroyim mehridan,


Uvaysiz so‘z sehridan


Suv ichgan ildizlari –


O‘zbegimning qizlari.



NAQORAT:


Dil sofligi zilolda,


Bunday ko‘rk yo‘q hilolda.


Sadoqatu kamolda


Zulfiyaning izlari –


O‘zbegimning qizlari.