Bolalar hamda bolalik haqida eng sara sherlar to‘plami. Agar zimdan kuzatsangiz bolajonlarning quvnoq o‘yinlari, shirindan-shakar qiliqlaridan tortib hatto arazlarigacha sodda va samimiy. Shuning uchun bo‘lsa kerak bolalik sog‘inchi bizni bir zum ham tark etmaydi.
Bolalikka qaytolmaymanO’ynab turli o’yinlarni,
Kun botganin bilmas edim,
Har kun shoshib do’stlar tomon,
Sira uyga kirmas edim.
Borar edim etga betga,
Kirmas edim internetga,
Ahir jonli o’ynar edim,
Tugamasdi hech zaryadka.
Buvim bergan konfetlarni,
Talashishib bo’lishardim,
Gohi yaqin do’stlar bilan,
Arazlashib urishardim.
Goho qumsab barchasini,
Sog’inchimdan qocholmayman,
O’zim qancha xohlasam ham,
Bolalikka qaytolmayman.
Dunyodagi eng yaxshi bola
O’ynar edi bolalar
Dilga singdi yorug’ bir g’am,
Unut bo’ldi kuz, o’yin,
Sokin shamol dimog’imga
Sochdi ifor — soch bo’yin.
Bog’da hamon bekinmachoq
O’ynar edi bolalar…
Meni esa chorlar edi
Yolg’izlik va dalalar.
Hozir yoshim oltida
Tanish-bilish odamlar,
Akam, ayam, dadamlar,
Deyishar: — Erkatoyim,
Ana shunday bo‘l doim.
Katta-kichik oldida,
Axir, yoshing oltida.
Qanday yaxshi ekan bolalik
Moviylandi keyin barchasi,
Bolaligim termuldi mahzun:
Qorachig’i – tunning parchasi,
Ilk sevgisi kiprikdek uzun.
Keyin asta xira tortdi nur,
Aralashdi oq, yashil, moviy,
Bolalikdan keyingi umr,
Daryodek tinch oqa boshladi.
Faqat ba’zan bu aziz ranglar,
Tushlarimga solar qasirg’a.
Oppoq bolish ustida yonar,
Ko’zdan oqqan tomchi – isirg’a.
Dalalarda o‘sgan bolalar
Qo‘shiqlarga to‘ladi dunyo,
Quyosh yaqin kelar yanada.
Bunda baxtning manzili bordir,
Hayot ko‘chib kelgan dalaga.
Ariqlarni to‘ldirib yotar,
Suvga tushin aytib qamishnay.
Qo‘ltig‘iga kitob qistirib,
Qo‘y boqqani kelgan bolakay.
Bunda bari samimiy, sodda,
O‘zni erkin sezasan biram.
Oftob izhor qilsa sevgisin,
Maysalari yozadi gilam.
Quchoqlasang, sig‘adi osmon,
Yuragingga yulduz oralar.
Dunyolarni tush ko‘rib chiqar
Dalalarda o‘sgan bolalar.
Bolalikda hamma shod
O‘g‘ilmidir, qizmidir,
Bolalikda hamma bir.
Dunyo degani – ko‘cha,
Tog‘larga o‘xshar adir.
Onang – oy, otang – quyosh,
Akang, opang – qarindosh.
Bolalikda ko‘zlardan,
To‘kilgan yosh – ermak yosh.
Bolalik – sohira qush,
Yaratganning san’ati.
Go‘zal shodlik, go‘zal tush –
Bu dunyoning jannati.
Bolalar kapalakmas
Bolaligim o’g’irlab sekin
Bolalikdir uning nomiYo‘lni bosib o‘tgunimcha,
Qiynar dovul, shamollar,
Bekatimga yetgunimcha,
Daraxt bo‘lur nihollar.
Bir bekatdan yurdim xullas,
Tavsifiga so‘z yo‘qdir,
Uni sevib ardoq etmas,
O‘g‘il yo‘qdir, qiz yo‘qdir.
Bolalikdir uning nomi,
Quyosh bilan oshna u,
Tinim bilmas qaynar oni,
Turna ko‘zli chashma u.
…Tabiatni etgan hayron,
Yayroqligim bolalik,
Sho‘x, jarangdor, biyron-biyron
Sayroqligim bolalik.
Bol-u novvot ichra o‘sgan,
Qaynoqligim bolalik.
Barcha-barcha jonzot bilan,
O‘rtoqligim bolalik.
Shamolga ham bo‘y bermagan,
O‘ynoqligim bolalik.
Shodlik to‘la oshufta, sha’n,
Quvnoqligim bolalik.
Bolaligim eng beg‘ubor –
Eng beg‘ubor fasldir.
Bolaligim so‘nmas bahor,
Bahosi yo‘q asldir.
Bolaligim kuylar shirin,
Aylanganmi navoga?
Bolalikning kuyi bugun,
Taralmoqda havoga…
Vatanni bog‘ qiyos qilsam,
Unda gul-u lolalar.
Bolaligim endi bilsam,
Sho‘x-u shodon bolalar.
Orzusida, xayolida,
Men o‘zimni ko‘raman,
Boqib ular jamoliga,
Men o‘zimni ko‘raman.
Ko‘zlarida chaqnar iqbol,
O‘sha mening ko‘zimdir.
Shirin-shakar so‘zlari bol,
O‘sha mening so‘zimdir.
Yuzlaridan yog‘ar yog‘du,
O‘sha mening yuzimdir.
Baxtiyordir bolakay bu –
O‘sha mening o‘zimdir.
…Quloq tuting, deyman bu on,
Bolalik so‘zlar chog‘da.
Yuragida orzu, armon,
Bir qo‘shiq kuylamoqda:
– Bizlar oqmiz, qoramiz,
Rangimiz turli-tuman.
Lekin asl, saramiz,
Biz-la go‘zal har chaman.
Dunyo bo‘lsa bir uzuk,
Bizlar yoqut ko‘zimiz.
Jahonga bo‘lsin suyuk,
Baxt atalgan so‘zimiz.
Ummonlarning toshqini,
Sho‘xligimizcha emas!
Biz – jo‘shqinlar jo‘shqini,
Shamol qiladi havas.
Ulug‘ odam bolasi,
Bo‘lmasin desangiz xor,
Otalar tinglang bizni –
Tinchlik bo‘lsin barqaror!
Biz – shodlikning hamdami,
Kerak quyosh, tinchlik – nur!
Kesing terrorning damin,
Yashasin bolalar hur!
Bir niyat bilan tepgan,
Dilimizga boqingiz,
Rangimizga qaramang,
Tilimizga boqingiz.
Otalar, o‘ylang bizni,
Bizlar gulmiz, lolamiz!
Bizlar butun yer yuzin,
Kelajagi bo‘lamiz!
Bolalik – bu eng beg‘ubor,
Gard yuqmagan fasldir.
Toza ko‘ngil, keng, beg‘ubor,
Niyati sof, asldir.
Dunyo bolalari
Do‘stlikni qilib bayroq,
Dunyoning bolalari.
Quyoshga ochar quchoq,
Dunyoning bolalari.
Tinchlikka ochar quchoq
Dunyoning bolalari.
Istiqlol bolalari
O‘zbegim farzandlari
Qadamlar qoʻyibsan kelajak sari,
Hali qancha-qancha davron surarsan.
Ezgulik yoʻliga poyandoz toʻshab,
Dunyoni manguga bezab yurarsan.
Oʻsaver, elimning asl farzandi…
Mustaqil yurt bolasiga
Bolajon, bolajonimSiz kelajak egasi,
Baxt bog’imiz mevasi.
Chamanlarning jilvasi,
Bolajon, Bolajonim.
Tezda o’sib, uningiz,
Shod o’tsin har kuningiz.
Kulib tursin gulingiz,
Bolajon, Bolajonim.
Bolalik poshsholigim
Bolalik baxtiTinch bo‘lsin Yer kurrasi,
Olov qalblar gurlasin.
Madhiyadir olamga –
Bolalarning «urra»si!
Bolalarga bering dunyoni
Bolalikning bagʻri keng, toza,
Oʻynab-kulsa qanday zoʻr, soz-a.
Soydek joʻshib koʻnglin xoʻp yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Pur hikmatni oʻrganar sizdan,
Odati shu – yuradi izdan.
Goho kuchli, zehnli bizdan,
Tanib olsin ilm-u ziyoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Moʻjizalar qilmoqqa qodir,
Oʻzbek oʻgʻli – bolajon botir,
Yuragida polvonlar yotur,
Maʼrifatdan qurgay binoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Yarashadi shirintoyligi,
Begʻuborlik uning boyligi,
Shoʻxliklari gul chiroyligi,
Shodga ulab yer-u samoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Oymomodan tushgan kulchalar,
Yertandirda pishgan kulchalar.
Vatan uchun aziz shunchalar,
Dunyo qadar kengdir imkoni,
Bolalarga bering dunyoni.