Archa haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Barcha sherlar bilan birin-ketin tanishib chiqishingiz mumkin.
Sevimlisan archajonBuncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
Archa ko’klamni quchib
Ko’rkam archaYangi yil bayramida,
Qorboboni kutamiz,
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.
Mustaqillik archasi
O’yin-kulgu avjga mingan,
Chehralarda tabassum.
Ot o’yinu arg’imchoqlar,
Bolalar bilan gavjum.
Mo’jizalar o’lkasida,
Sehrli go’sha misol,
Qalblarga quvonch ulashib,
Mayli, ertak bo’lib qol.
Prezident archasi
Prezident archasi,
Istiqlol tumorchasi.
Quvonchlarim bir jahon,
Yuragimiz parchasi.
Jon archa
Archa, archa, jon archa,
Yaproqlaring ninacha,
Atrofingda aylanib,
Qo‘shiq aytadi barcha.